Sirdaryo viloyati hokimi G’ofurjon Mirzayev bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlarni qiziqtirgan masalalar, taklif, yangi g’oya va tashabbuslari tinglandi, shuningdek, ota-onalari bilan suhbat qilinib, o’zaro fikr almashildi.