2022 yil 17 fevralda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Keksa faxriylarni ijtimoiy faolligini oshirish bo‘lim boshlig‘i Ma’murjon Shukurov, Viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O‘tbosar Abdiev hamda tuman bo‘limi tomonidan “Bo‘ston”, “Andijon” va “Mustaqillik” mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosi asosida yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish, shuningdek «Bir nuroniyga o‘n nafar yosh» tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mas’ullar tomonidan mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash,huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish borasida tavsiyalar berib o‘tildi.