O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni asosida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Farg‘ona” qishloq ho‘jalik kasb-hunar kolleji o‘rnida Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 7 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida uzuliksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 446-sonli hamda Oqoltin tuman Hokimining 2020 yil 4 sertyabrdagi 347-sonli Qarorlari asosida Boshlang‘ich professional bosqichida kadrlar tayyorlaydigin kasb-hunar maktabining ustavi tayyorlanib, boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida o‘qitiladigan Oqoltin tuman kasb-hunar maktabi tashkil etildi. Joriy 2020-2021 o‘quv yildan boshlab Oqoltin tuman kasb-hunar maktabida 6 ta ta’lim yo‘nalish (Traktorchi-mashinist, Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash chilangari, Avtomobillardvigatelini qismlarga ajratish va yig‘ish chilangari, Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi, O‘simliklar himoyasi laboranti, Tikuvchi) bo‘yicha o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda.