Joriy yilning 31-oktyabr sanasida “Milliy qadriyatlarimizning eng faol targ’ibotchisi” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 3 ta shart bo’yicha o’quvchilar bellashdi.
Tanlov 3 shart asosida baholandi, ular quyidagicha:
1-shart. Milliy an’ana, qadriyat va urf odatlar.
2-shart. “Kompazitsion musiqiy chiqishlar”.
3-shart. “Milliy liboslar korgazmasi”. Hakamlar xayati Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rin bosari Xayrixon Sharobitdinova, psixolog Mahfuza Yakubova, kutubxona mudirasi Nodira Madrahimova, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Muhabbat Xoldarova qatnashdilar. Hakamlar oqilona baholab borishdi. O’quvchilar ikki guruhga bo’linib, har xil uruf-odatlar, an’analar masalan kelin salom, unashtiruv marosimi, choy quyib uzatish, alla aytish xar hil milliy o’yinlar to’p tosh, lappak, lanka, oq terakmi ko’k terak, sport o’yinlaridan arqon tortish, milliy kurash, tosh ko’tarish, milliy kuy-qo’shiq va raqslar bo’yicha bahs olib borishdi. Baxsda “Zukkolar” va “Alpomish va Barchinoy” bellashdilar. “Zukkolar» jamoasi g’olib deb topildi va viloyatga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.