Joriy yilning 18-may kuni Oqoltin tuman kasb-hunar maktabida tumandagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi 2 ta umumta’lim maktablarining 70 nafar 9-sinf bitiruvchilari ishtirok etishdi. Kasb-hunar maktabida bugungi kunda 6 ta yo‘nalishda, jumladan
1. Tikuvchilik
2. Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
3. Avtomobil dvigitellarini tashxislash va tamirlash
4. Traktorchi- mashinist
5. Asalarichilik 6. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatini nazorat qilish laboranti yo‘nalishlari bo‘yicha jami 321 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar uchun kasb-hunar maktabi bo‘ylab sayohat tashkil etilib, “Ochiq eshiklar kuni” maktab bitiruvchi yoshlarida katta taasurotlar qoldirdi.