2022 yilning 9-iyun sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.03.2022 yilidagi P.Q-167-sonli qarorining 11-2-bandini bajarish maqsadida kasb -hunar maktabi yoshlari bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida mahalla oqsoqoli Hakimov A’zim ota hamda mahalla raisi Ahmedov G’ulomjonlar taklif etilib yoshlari milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini uyg’otish, urf-odatlarimiz, an’analarimizni hurmat qilish, ota-onaga, Vatanga Prezidentga sadoqat bilan xizmat qilish yoshlarni burchi ekanligini ta’kidlab o’tdilar.