2021 yilning 7 dekabr sanasida Oqoltin tumani kasb-hunar maktabi o‘quvchilari ishtirokida «Konstitutsiya — baxtimiz poydevori» shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oqoltin tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i H.Erkaboyev, Diniy masalalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari D.Mardiyev, mahalla otinoyilari hamda kasb-hunar maktabi rahbar o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadbirni kasb-hunar maktabi direktori E. O. Babayev ochib berdilar. O‘quvchilar Konstitutsiya haqida ma’lumotlar, berdilar chizgan devoriy gazetalarini sharhlab, sahnali ko‘rinishlar badiiy chiqishlar namoyish etdilar. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan guruh o‘quvchilariga kasb-hunar maktabi direktori E.O.Babayev fahriy yorliq hamda estalik sovg‘alar topshirdilar.