Tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan individual suhbat

24 noyabr 2021 yil maktab o‘quvchilar o‘rtasida turli salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan “Huquqbuzarlik” mavzusida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni maktab direktori E.Babayev  kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida maktabda ta’lim-tarbiya jarayonining asosini dars tashkil etishi, darsdan tashqari mashg‘ulotlar esa, o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha olgan bilimlarini to‘ldirishga xizmat qilishi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari uchun maktabda barcha to‘garaklarning faoliyat yuritishi haqida ma’lumotlar berdi. So’zga Oqoltin tumani IIB XTB boshlig’i  A.Imomov chiqdi. Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish,  bolalarning huquqiy himoyasini ta’minlash, o‘smirlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish tizimini mustahkamlash, ota-onalarning farzandlari oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi  «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi 371-sonli qonunida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan Oqoltin tumani kasb-hunar maktabida aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va reja asosida amalga oshirilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi bilan hamkorlikda ish ish olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan